Ma'lumotlar xavfsizligi
Sizning xavfsizligingiz — bizning ustuvor vazifamiz. Biz to'lovlaringizni xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiq himoya qilamiz.
1. To'lovlar xavfsizligi va 3D Secure texnologiyasidan foydalanish
Saytda bank kartalari yordamida amalga oshiriladigan barcha to'lovlar ekvayer-bank - «Uzum Bank» ATning xavfsiz to'lov shlyuzi orqali o'tkaziladi, u PCI DSS ni o'z ichiga olgan xalqaro xavfsizlik standartlari talablariga javob beradi. To'lovlar xavfsizligi 3D Secure texnologiyasini qo'llash orqali ta'minlanadi: amaliyot o'tkazilayotganda karta egasi ekvayer-bank va kartani chiqargan bank tomonida qo'shimcha autentifikatsiyadan o'tadi.
Korxona mijozlarning bank kartalari ma'lumotlarini yig'maydi, qayta ishlamaydi va saqlamaydi hamda ularga kirish huquqiga ega emas. Karta rekvizitlari faqat «Uzum Bank» ATning himoyalangan to'lov sahifasida kiritiladi, ma'lumotlar esa shifrlash protokollaridan foydalangan holda himoyalangan aloqa kanallari orqali uzatiladi.
2. Xatarlarni nazorat qilish va firibgarlik amaliyotlarining oldini olish
Mijozlarni firibgarlik harakatlaridan himoya qilish maqsadida barcha to'lov amaliyotlari ustidan nazorat va monitoring ekvayer-bank - «Uzum Bank» AT tomonidan amalga oshiriladi. Korxona ekvayer-bankning firibgarlik amaliyotlariga qarshi kurashish imkoniyatlaridan foydalangan holda internet-ekvayring shartnomasida nazarda tutilgan xatarlarni cheklash va nazorat qilish choralarini qo'llaydi, jumladan: Bank vositalari yordamida amaliyotlarni monitoring qilish va tahlil qilish; amaliyotlarning belgilangan cheklovlarga muvofiqligini avtomatik tekshirish; firibgarlik alomatlari aniqlanganda to'lovlarni vaqtincha to'xtatib turish yoki rad etish.
«Uzum Bank» AT va Korxona firibgarlik (frod) alomatlari aniqlanganda amaliyotni to'xtatib turish yoki rad etish huquqiga ega. Bank kartalari bilan barcha amaliyotlar xalqaro standartlarning xavfsizlik talablariga javob beradigan Bankning himoyalangan to'lov shlyuzlari orqali amalga oshiriladi.