Ona tilisi ingliz tili bo'lganlar bilan muloqot qilish samaradorligini oshirishning 10 usuli!

12 Nov 2021

Ona tilisi ingliz tili bo'lganlar bilan muloqot qilish samaradorligini oshirishning 10 usuli!

“Baxt – bu sizni tushunishligida”: ingliz tilidagi “native speaker”lar bilan qanday soʻzlashishni bilib oling.

Ingliz tilini oʻrganayotib, begona xorijlik yoki talaba bilan yangi, hali gʻayrioddiy bo'lgan tilda suhbatlashish qanchalik qiyinligini kuzatgan boʻlsangiz kerak. Tilingizning uchida turadi-yu, lekin gapira olmaysiz. Vaziyat oʻtib ketgandan keyin “Ehh, attang, shunday desam boʻlardi” kabi fikrlar sizda ham o'tgan bo'lsa kerak. Temirni qizigʻida bosish kerak deganlaridek, biz ham sizga “native speaker”lar bilan soʻzlashuvdagi samarali usullarni ulashamiz!

Ona tilisi ingliz tili bo'lgan odamlar bilan ogʻzaki muloqot qilish uchun yetarli tajribaga ega boʻlmagan kishi, odatda, ingliz tilida soʻzlashuvchi suhbatdoshi bilan birinchi marta gaplashishi kerak boʻlganda, psixologik noqulaylikni boshdan kechiradi, uyaladi, gapira olmaydi va hokazo. Bu vaqtda ko'pchilik xato qilishdan qo'rqadi: tasavvurimiz yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sharmandalikning dahshatli suratlarini chiza boshlaydi (asosan, bunday fikrlar taʼsirchan odamlarda muntazam ravishda paydo boʻlishini kuzatamiz).

Bu qo'rquvlar  maqsad sari harakatlanishimizga toʻsqinlik qiladi: his-tuygʻularni bir chekkaga surib qoʻyamiz va ingliz tilida muloqot qilish qobiliyatlarimizni yaxshilaymiz, chunki “Oʻrganishda qanchalik qiyin boʻlsa — jangda shunchalik oson boʻladi”, “Practice makes perfect”!


1-maslahat: Suhbatdoshingizga ismingizni aytayotganingizda, uni aniq va sekin talaffuz qiling

Agar siz noyob ism yoki familiya egasi boʻlsangiz, ularni yangi doʻstingiz uchun takrorlashingiz yoki hatto yozib berishingiz mumkin. “Native speaker” bilan muloqot qilganda, koʻpchilik qulaylik uchun oʻzlarining haqiqiy ismini emas, balki ingliz tilidagi ekvivalentini aytishadi: Mariya – Meri, Aleksandr – Alex kabi. Agar sizning ismingizning ham ingliz tilida ekvivalenti mavjud boʻlsa, uni qoʻllasangiz suhbatdoshingiz uchun yengillik yaratgan boʻlasiz.

Siz suhbatdoshingizdan ismini takrorlashini soʻrashingiz mumkin: har bir yangi tanishuv maʼlum maʼnoda stressga tushishga moyil jarayon, suhbatdoshning ismini birinchi marta eslab qolish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi.


2-maslahat: Tabassum qiling, koʻzingizni olib qochmang, qaddingizni tik tuting

Samimiy tabassum, toʻgʻridan-toʻgʻri koʻz bilan aloqa qilish va tik qaddi-qomat — oʻziga ishongan shaxsning atributlari boʻlib hisoblanadi. Agar siz suhbat qurishdagi tajribasizlik ummonida “suzayotgan” boʻlsangiz ham, amaliyot shuni koʻrsatadiki, agar oʻzingizga boʻlgan kuchli ishonch sezilib tursa, sizga katta ehtimol bilan tushunish bilan munosabatda boʻlishadi.


3-maslahat: Aytganlaringizni takrorlashdan qoʻrqmang

Chet tilini oʻrganayotgan odamlarning umumiy qoʻrquvlaridan biri — ular biror narsani notoʻgʻri aytib qoʻyishlari va ularni tushunmasliklari qoʻrquvidir. Shunga qaramay, agar kerak boʻlsa, aytganlaringizni asta-sekin va aniqlik bilan takrorlang. Agar suhbatdoshingiz sizni hali ham tushunmasa, aytmoqchi boʻlgan narsangizni boshqa misol bilan ifodalashga harakat qiling.

Misol uchun, agar “tree” soʻzini aytgan boʻlsangiz va sizni tushunishmasa, daraxtni “yashil barglar bilan bir narsa”, “something with green leaves, tall, growing outside and giving shade” (“yashil barglarga ega, baland, koʻchada oʻsuvchi va soyani beruvchi”) deb taʼriflashingiz mumkin.


4-maslahat: Muloqot uchun mimika va imo-ishoralardan foydalaning

Tana tili universaldir. Baʼzan suhbatdoshingiz bilan soʻzsiz muloqot qilishingiz mumkin. Tajribali sayohatchilar tilni bilmaslikni yuz ifodalari va imo-ishoralar bilan qoplanishi mumkinligini tasdiqlaydilar (baʼzan siz hatto rasmni chizishingiz mumkin). Soʻzsiz muloqot qilish mumkin, agar kerak boʻlsa, undan foydalanishingiz kerak.


5-maslahat: “Native speaker”lar nutqlariga taqlid qilish orqali talaffuzingizni yaxshilang

Chet tilining tovushlarini talaffuz qilishdagi qoʻrquvlarni ortga tashlashga harakat qiling. Bu, ayniqsa, [θ] va [Ð] tovushlarini talaffuz qilishda talabalarda yuzada keladigan qoʻrquvda namoyon boʻladi — koʻpchilik ularning talaffuzidagi oʻziga xoslikdan uyalib, ularni [z] yoki [d] tovushlariga yaqinlashtirib aytishga harakat qiladi. Bolalar kattalar ortidan qanday takrorlasa, siz ham hech oʻylamasdan, “native speaker” larning ortidan “qiyin” tovushlarni takrorlashga harakat qiling (hatto bu tovushlar sizga kulgili koʻrinsa ham). Shu tarzda siz, talaffuzingizni sezilarli darajada yaxshilashingiz mumkin — bu sinovdan oʻtgan usul.


6-maslahat: Fikrni turli yoʻllar bilan ifodalash mumkin

Agar toʻsatdan ingliz tilidagi soʻzni unutgan boʻlsangiz (Lord forbid! — “Xudo asrasin!”), umidsizlikka tushmang. Iloji boricha tezroq uni hayolingizga kelgan birinchi sinonim bilan almashtiring yoki uni izohlash yordamida tushuntiring. Albatta, buning uchun siz koʻproq soʻzlarni aytishingizga toʻgʻri keladi, ammo bu fikringizni yanada yaxshiroq ifodalaydi. Mimika va imo-ishoralarni ham unutmang — ular yordamida sizni yaxshiroq tushunishadi.


7-maslahat: Xatolardan qoʻrqmang

Live and learn, “Bir asr yasha — bir asr oʻrgan”. Birinchi navbatda xatolaringiz orqali oʻrganishingizning hech qanday qoʻrqinchli tomoni yoʻq. Ajoyib eshitilishi mumkin, lekin siz qanchalik koʻp xato qilsangiz, toʻgʻri soʻzlashuvni shunchalik tezroq bilib olasiz. Shunday ekan, ikkilanmasdan — jangga otlaning!


8-maslahat: Ingliz tilida oʻylang

“Native speaker” bilan muloqot qilishdan oldin, shu kabi tajriba oʻtkazing: kun davomida ingliz tilida oʻylashga harakat qiling. Har bir koʻrilgan narsa, har bir voqeani ingliz ekvivalenti bilan atashga harakat qiling. Haqiqiy muloqot vaqti kelganda, siz soʻzlashuvda ingliz tiliga qanchalik oson oʻtish mumkinligiga hayron qolasiz

.

9-maslahat: Iboralar va sleng — vaqt masalasi

Ingliz tilida soʻzlashuvchi suhbatdoshingizning ogʻzidan chiqqan nomaʼlum iboralar yoki soʻzlar sizni xafa qilmasin. Bir kuni siz ham ularni bilib olasiz, lekin ayni paytda asosiy narsaga eʼtibor qarating va eng muhimi – suhbatning maʼnosini yoʻqotmang. Agar aytilgan so'zlarning maʼnosi nazoratingizdan chiqib ketsa, suhbatdoshingizdan iboralarning maʼnosini tushuntirib, slengning maʼnosini oddiy soʻzlar orqali ifodalashda sizga yordam berishini soʻrang. Siz ham, oʻz navbatida, suhbatdoshingizga oʻzbek tilidagi baʼzi soʻzlarni oʻrgatishingiz mumkin.


10-maslahat: Tilni oʻrganishda barcha vositalar yaxshi

Bizning kompyuter asrida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish uchun har qanday mobil ilovalar va gadjetlardan foydalanmaslik gunohdir. Ulardan qoʻrqmasdan foydalaning – ushbu foydali ixtirolar vaqtni tejaydi, asablarni asraydi va odamlar oʻrtasida oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi.

Yuqorida keltirib oʻtilgan maslahatlarni eʼtiborga oling va “native speaker” suhbatdoshingiz bilan osongina til topishing.