“Arzimaydi” deb aytishning 19 ta usuli

07 Dec 2021

“Arzimaydi” deb aytishning 19 ta usuli

Kimdir bizga qilgan ishimiz uchun rahmat aytsa, darhol unga “Arzimaydi” deb javob beramiz. Sababi, beshikdan to qabrga qadar jamiyat bizni muloyim bo’lishga o’rgatadi. Biroq, suhbat davomida hamisha “Arzimaydi” so’zini ishlatish odamni zeriktirishi mumkin, ayniqsa, uning o’rniga boshqa ko’plab so’zlarni aytish imkoni bo’lsa. Keling, mana shu so’zlar bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

1.”The pleasure is all mine. – Bu menga zavq bag’ishlaydi.”

Odamlar bilan telefonda matn almashayotgan paytingizda oddiydek tuyulgan bu so’zlar, ularga yordam berganingizdan mamnun ekaningizni bildiradi. Sizga minnatdorchilik bildirgan insonga ushbu xabarni yuboring va uni ham xursand qiling.

2.”You’re very welcome! – Salomat bo’ling!”

So’zlar doimo odamlarda iliq yoki aksincha taassurot qoldiradi. Ular ikki kishi o’rtasidagi suhbatni yana-da jonlantirishi yoki to’xatishi mumkin. Siz shunchaki “Arzimaydi” demasdan, yana bir necha harflarni terib, “Salomat bo’ling” deya muloqotingizni mazmunli qila olasiz.

3.”Glad to help! – Yordam berishdan xursandman!”

Odatda, biror kishiga qilgan yordamingiz chin dildan ekanini his qildirish juda yoqimli. Ushbu xabarni jo’natish orqali qilgan ishingiz siz uchun ham yoqimli ekanini bildirishning samarali usulidir.

4.”I am happy to be of assistance – Foydam tekkanidan mamnunman”

Ishda xo’jayningiz sizga topshirgan vazifani bajarib bo’lganingizdan so’ng, ishingiz uchun minnatdorchilik bildirishi bilanoq javob berish uchun yaxshi fikr.

5.”That’s what good collegues do – Yaxshi hamkasblar shunday qilishadi”

Agar hamkasbingizga qaysidir ma’noda yordam berib, ular buning uchun sizga rahmat aytishsa, bu aynan munosib javob bo’ladi.

6.”I am glad to help – Yordamga hamisha shayman”

Ushbu jumla boshlig’ingizga siz uchun topshirilgan vazifalar muhimligini va bundan mamnun ekanligingizni bildiradi.

7.”You’ll get my bill in the morning – Ertalab hisobimni qabul qiling”

Bu boshqa odamga yordam berishdan xursand ekanligingizni ifodalashning qiziqarli usuli. Ular xizmat haqi olmasligingizni bilishadi hamda bu hazildan tabbasum qilishlari aniq.

8.”You have no idea what I traded with the devil for it – Buning uchun shayton bilan nima savdolashganimni bilmaysan-da!”

Siz yaxshilik qilish uchun jon-jahdingizni bilan harakat qilganingizni yaqinlaringizga aytishning qiziqarli usullaridan biri.

9.”Anytime! – Hamisha tayyorman!”

Ushbu oddiy ibora orqali oila a’zolaringiz va do’stlaringizga xohlagan vaqtlarida sizga murojaat qilishlari mumkinligini bildirib qo’ying.

10.”I hope you enjoy it – Umid qilamanki, sizga yoqadi”

Biror kishiga sovg’a bergach, uni xursand qilish uchun jamiki kuchingizni sarflaganingizni ifodalash uchun foydalaning. Qabul qiluvchi tomonning ijobiy javobi ham sizni xotirjam qilishi aniq.

11.”I’m glad that you liked it – Sizga yoqqanidan xursandman”

Bu yuqoridagi iboraning biroz o’zgartirilgan shaklidir. G’amxo’rlik qilayotgan odamingizga sovg’a jo’natgangizda, bu unga yoqqaniga amin bo’lgachgina ushbu so’zlarni ayting.

12.”It’s just a token of appreciation – Bu shunchaki minnatdorchilik belgisi”

Yaqin kishingizning sizga qilgan ishlariga o’z minnatdorchiligingizni bildiring. Ushbu ibora bilan ularni qanchalik qadrlashingizni isbotlang.

13.”You deserve it! – Siz bunga loyiqsiz!”

Hayot vaqti-vaqti bilan barchamizga adolatsiz munosabatda bo’ladi. Agar siz biror kishining mehnatini va hayotingizdagi o’rnini e’tirof etganingizda, sizga rahmat aytsa, “Siz bunga loyiqsiz” deng. Shunda uning ko’ngli qanchalik ko’tarilganini ko’rasiz.

14.”No worries – Muammo yo’q”

Bu ibora Avstraliya va Yangi Zelandiyada keng tarqalgan. Suhbatdosh shunday javob qaytarsa, bilingki, u ancha xotirjam inson.

15.”It was my privilege – Bu men uchun shon-sharaf”

“Arzimaydi” so’zi qilgan yaxshiligingizni o’zgacha zavq bilan ifodalash uchun yetarli bilmasangiz, unda yuqoridagi iboradan foydalaning.

16.”Of, course. My pleasure – Albatta, jonim bilan”

Amerika fast-fud restoranlarida bu iborani tez-tez eshitib qolasiz. Mijozlar rahmat aytishganda, ishchi xodimlar muloyimlik bilan shunday javob berishadi.

17.”Sure/Yep – Albatta/Ha”

Qisqagina bu javob odatda Shimoliy Amerikada qo’llaniladi, Britaniyada esa juda norasmiy hisoblanadi. Agar arzimagan yoki unchalik qiyin bo’lmagan vazifa uchun minnatdorchilik bildirishsa, ushbu variant eng yaxshisi.

18.”That’s okay/That’s alright – Hammasi yaxshi/Hammasi joyida”

Britaniyada keng tarqalgan bu gapni do’stona suhbatlarda eshitib qolishingiz mumkin. Ehtiyot bo’ling, chunki bu so’zlar Buyuk Britaniyadan tashqarida kechirim so’rash ma’nosini anglatadi.

19.”Don’t mention it – Bu haqida unuting”

Siz ko’rsatgan xizmat shunchalik oson va yoqimli bo’lganini anglatadi. Kishi buning uchun sizga rahmat aytishga ham hojat qolmaydi.

Agar siz ingliz tilidagi so’z boyligingizni kengaytirmoqchi bo’lsangiz, muntazam ravishda qo’llaniladigan iboralar bilan tanishib boring.