Ingliz tilida qanday yumor qilish mumkin?

07 Dec 2021

Ingliz tilida qanday yumor qilish mumkin?


     

         Biz kundalik hayotimizda turli xil hazillardan foydalaamiz: do`stlar davrasida, o`qishda, ishda va oila davrasida. Keling birgalikda bugun ingliz tilidagi hazillar bilan tanishib chiqamiz. Ingliz tilida hazil so`zi “joke” deb ataladi.

         Tell a joke / Crack a joke. Ingliz tilida hazil aytish har doim “tell a joke” ko`rinishida keladi “say a joke” bo`lib emas. Norasmiy ko`rinishda esa “crack a joke” bo`lib keladi.

Before starting my speech, I told a joke to make the audience laugh.

Gapimni boshlashdan avval tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilish uchun hazil qildim.

My sister’s so funny; she’s always cracking jokes.

Singlim juda hazilkash u doim hazil qiladi.

            
 Crack up / Brust out laughing. Bu iboralar hazilga yoki umuman kulgili vaziyatga javoban to'satdan kulgi boshlanishini anglatadi.

My father always tells jokes that make everyone crack up.

Odatda dadam hazil qilsa hamma qotib kuladi.

Everyone burst out laughing when I tripped and fell on my face.

Men qoqilib yiqilganimda hamma kulib yubordi.

         Hilarious. Sizni aql bovar qilmas darajada kuldiruvchi holatga nisbatan ishlatiladi.

The last comedian who performed was hilarious. I couldn’t stop laughing.

Oxirgi komediyachi nihoyatda kulgili edi. Men tinmay kuldim.

         I don’t get it. Bu nafaqat “men tushunmayapman” iborasining norasmiy ko`rinishi balki kundalik ingliz tilida hazilga javoban ham ishlatilishi mumkin.

Everyone else laughed at that line in the movie, but I don’t get it. Why is it so funny?

Hamma kino vaqtida xuddi otlardek kulishdi lekin men buni tushunmadim. Nima uchun bu juda ham kulgili?

            
      A joke fell flat. Agar hazilga hech kim kulmayotgan bo'lsa, bu uning muvaffaqiyat qozonmaganligini anglatadi ya’ni o`zbek tilida "o`xshamagan hazil" iborasidek ma'noni anglatadi.

I told a little joke during my job interview, but unfortunately it fell flat.

Ish suhbati paytida kichik hazil qildim, lekin hazil omadsiz chiqdi, o`xshamadi. Zamonaviy tilda “yemadi” deb tushunish mumkin.

         An offensive joke / a tasteless joke. Ba’zi hazillar odamlarni xafa qiladi. U hazillarni, “offensive”, haqoratli deb atash mumkin. Shunga o`xshash, “tasteless”, odobsiz hazillarga yuqoridagi ikkinchi ibora ishlatiladi.

You shouldn’t joke about people with disabilities. It’s offensive.

Sen nogiron odamlar haqida hazil qilmasliging kerak. Bu haqoratli.

It’s too bad the movie had so many tasteless jokes about women’s intelligence.

Filmda ayollarning josusligi haqida ko`p uyatsiz hazillar borligi juda yomon.

         The butt of the joke. Bu odamni masxara qilishni yoki masxara qilinadigan narsaga nisbatan ishlatiladi.

My older brother always made me the butt of his jokes and it got really annoying.

Katta akam meni doim masxara qilar edi va bu juda zerikarli bo`lardi.

         Laughingstock. Kimdir kulgili va ahmoqona ish qilsa unga nisbatan shunday kulgili so`z ishlatiladi.

I was the laughingstock of the company after I accidentally posted an embarrassing picture on the website.

Ijtimoiy tarmoqda tasodifan kulgili rasmimni joylashtirdim va kompaniyada masxara bo`ldim.

         Just kidding. Bu ibora “men shunchaki hazillashyapman”, “ men jiddiy emasman” deyish uchun ishlatiladi.

I’m very short, and my boyfriend used to say that he felt like he was dating a child – but he was just kidding.

Mening bo`yim juda past va mening yigitim o`zini yosh bola bilan uchrashayotgandek his qilishini aytib shunchaki hazillashardi.

Tease someone / make fun of someone. Bu iboralar kimdir haqida kichik izohlar berishda ishlatiladi.

Do`stona hazil qilish misollari:

I always tease my husband about not knowing how to fold a shirt properly.

Ko`ylakni to`g`ri yig`ishni bilmaganligi uchun erimni doim mazax qilaman.

My best friend makes fun of me for being late all the time.

Mening eng yaqin do`stim doim kechikishim sababli meni masxara qiladi.

Xafa qiluvchi hazillar uchun misollar:

The kids at school teased me a lot because I was fat.

Semizligim uchun maktabda bolalar meni ko`p mazax qilishardi.

I was hurt when I found out my coworkers were making fun of my accent.

Hamkasblarim mening talaffuzimni masxara qilishlarini bilib asabiylashdim.


Siz ingliz tilida yana qanday hazillarni bilasiz?