Ingliz tilini o’rganishning 14 ta samarali usuli

06 Dec 2021

Ingliz tilini o’rganishning 14 ta samarali usuli

1.Ko’proq o’qing.

 Shunchaki o’qimang, balki o’zingiz turli xil qiziqarli mavzudagi kichik maqolalar yoki kitoblarni o’qing. Bu sizga faqatgina ingliz tilini o’rganishingizga yordam beribgina qolmasdan, balki dunyoqarashingiz kengaytiradi va har bir sohada bilimga ega bo’lishingizda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

 2. Yangi lug'atni faollashtiring

 O'rganayotganda biz ko'pincha yangi so'zlardan shunchalik zavqlanamizki, uni unutish imkonsiz bo'lib tuyuladi. Ammo bizga ishoning, hamma narsa birinchi martadayoq esda qolib ketmaydi. Bunga qarshi kurashish uchun o'zingizda lug’at daftar olib yurishni yoki Evernote kabi dasturdan foydalanishni odat qiling. 

3. Haqiqiy native speakerlar bilan suhbatlashing

 Agar muloqot bo'lmasa, til nima uchun kerak?! Odamlarning "tushunadi, lekin ingliz tilida gapira olmaydi" degan gaplarini necha marotaba eshitgansiz. Speakingni rivojlantirish uchun ijtimoiy tarmoqlardan suhbatdosh toping va turli xil mavzularda suhbatlashing.

 4. Podkastlarga yoki Youtube kanallariga obuna bo'ling

 Siyosatmi? Blog yuritasizmi? Ovqat pishirishmi? Tasavvur qiladigan har qanday qiziqishni qamrab oladigan mavzular bo’yicha siz uchun ingliz tilida so'zlashuvchi podkast yoki Youtube kanallari mavjud bo’lib , ularga obuna bo'ling va xohlagan paytingiz tinglang.

5.Ingliz tilidagi postlarni o’qing.

Bu sizning lug’at boyligingizni oshiradi.

6. Ko'p savollar bering

Qiziqish mushukni o'ldirgan bo'lishi mumkin, ammo bu til o'rganuvchini ravon gapirishga undaydi! Sir emaski ingliz tilini o'rganar ekansiz, o’rganish mobaynida ko'plab savollar to'playsiz. Shubhalaringiz bilan o'tirmang - qiziquvchan bo'ling va ularni hal qiling! 

7. O'zingizga ruhan zarba bermang.

 Bu nima degani? Ya’ni o'zingizni zamin yaratmayotgandek his qila boshlaganingizdagi holat. Bu hamma o'quvchilar bilan sodir bo'ladi - "men ingliz tilida gapirolmayman " yoki "men buni hech qachon tushunolmayman" demang. Aslida, bu iboralarni so'z boyligingizdan o’chirib tashlang! Buning oʻrniga “Ingliz tilini har kuni oʻrganyapman va takomillashtiryapman”, “Bu har doim ham oson emas, lekin bunga arziydi “ iboralarni aytish bilan o’zingizni ruhlantiring.

 8. Ijtimoiy tarmoq yoki smartfoningizda tilni o'zgartiring.

Hech qachon qurilma yoki veb-saytdagi tilni tasodifan o'zgartirib, keyin uni qayta tiklashga qiynalganmisiz? Biz hammamiz oldin u yerda bo'lganmiz. Agar siz Facebook, Twitter va smartfon sozlamalarini “ingliz tili”ga o’zgartirsangiz undagi texnologik atamalar ingliz tilida qanday atalishini o’rganib olasiz.

9. Xatolaringizni qayd qilib boring.

 Haqiqatki, siz xato qilasiz, buni inkor etib bo'lmaydi. Ehtimol, siz bir xil xatolarga qayta-qayta yo'l qo'yishingiz mumkin. Bunday muammoga duch kelmaslik uchun o'qituvchi tomonidan xatolaringiz tuzatilganda, bu xoh yozma xoh og'zaki bo'ladimi, xatolaringizni yozib qo'ying. Bu sizga xatolaringiz ustida ishlashga juda katta yordam beradi.

10. Blog yuriting.

Yotube yoki instagram sahifalari oching va unga har kuni ingliz tilida vidyolar joylab boring. Vidyo joylash uchun siz professional bo’lishingiz shart emas, kichik vidyolardan boshlang. Misol uchun: ingliz tilida hayvonlar qanday nomlanishi. Siz vidyo olish orqali omma oldida fikringizni aniq va ravon yetkazib berishni o’rganasiz.

11. Har kuni yozing.

 Yozish - bu yangi lug'atdan foydalanish va grammatika bilan shug'ullanishning ajoyib usuli. O'rgangan yangi so'zlar va grammatikadan foydalanib, har kuni biror narsa yozishga harakat qiling. Hatto bir necha jumla bo'lsa ham, buni qilishni odat qilish juda muhimdir.

12. Ovozingizni yozib oling

 Smartfoningizdagi magnitafondan maksimal darajada foydalanib talaffuzni mashq qiling. Bu talaffuzni o'rganishning yaxshi usuli, chunki siz biror bir so’zning talaffuzini birinchi marta eshitganingizda eslab qolib, keyinchalik unutib qo’yishingiz mumkin. Ovozingni yozib olish esa bu so’zni takrorlashingizga yordam beradi.

13.Kimgadir o’rgating.

Ingliz tilida o’rgangan narsalaringizni boshqalar bilan baham ko’ring. Yaqinlaringizga ingliz tilida dars o’ting. Bu sizga ingliz tilida bilimingizni mustahkamlashga yordam beradi.

14. Realist bo'ling.

 Til o'rganuvchilar o'zlarining ingliz tilini”noreal” tezlikda yaxshilashni xohlashlari juda keng tarqalgan. O'zingizga maqsadlar qo'ying, bor mahoratingizni ishga soling unutmang til o’rganish uchun qandaydir iqtidor bo’lishi shart emas shunchaki astoydil harakat qilsangiz shuni o’zi yetarli