TARJIMA VA DEFINITION QAYSI BIRI SAMARALIROQ?

06 Dec 2021

TARJIMA VA DEFINITION QAYSI BIRI SAMARALIROQ?

Ingliz tiliga qiziqadigan va o'rganayotgan, bu yo'lda qiyinchiliklarga uchrayotgan kuzatuvchilarimiz uchun motivatsion va ilmiy jihatdan tavsiyalar berishda davom etamiz. Ingliz tilini o'rganishda har bir kishi o'zi uchun samarali va qulay usulni topishi yoki yaratishi kerak.

Xalqimizda ,, Ilm olish igna bilan quduq qazish bilan barobar" degan haqiqat bilan sug'orilgan maqol mavjud. Avvalo, har bir sohani o'rganishda, biror maqsadga yetishda o'ziga xos qiyinchilik va rohatlantiradigan jihatlari mavjud bo’lishi shubhasiz . Ingliz tilini o'rganishni boshlar ekan inson asosiy e'tiborni ko'proq yangi so'zlarni o'rganib, so'z boyligini oshirishga qaratishi kerak.  Zero faqat grammatik qoidalarni va tildagi qonun qoidalarni hech ham adashmaydigan holatda yod olish bilangina biror tilni o’rgana olaman yoki o’rgandim deyish ulkan xato hisoblanadi.  Inglizcha so'zlarni boshqa tilga o'girishda asosiy ikki xil tushuncha mavjud:

·        Tarjima

·        Definition

Tarjima - so'zni boshqa tildagi muqobili orqali ifodalash bo'lsa va unda  ortiqcha izohlarga hojat qoldirmay, iloji boricha qisqalikka harakat qilinsa.

Definition - ,, ta'rif" , ,,tavsif" kabi ma'nolarni anglatib, ingliz tilidagi so'z haqida batafsil va to'liq ma'lumot berilishidir.

 Endi o'ylab ko'ring, qay biri sizga maqbul kelmoqda? , va qaysi biri ko'proq  samaraliroq?. Albatta, bizning fikrimizcha definition  sizni ingliz tilini o’rganishingizda ko'proq effekt berishiga ishonamiz. Bunga sabab, biror bir so'z ya'ni atama haqida to'liq ma'lumot berilsa uni qanday ma'nolarni anglatishi , uning sinonimlari , so'zni kelib chiqish tarixi haqida fikr yuritilsa, shubhasizki,  so'zni yod olayotgan o'rganuvchining ham yodida qolishi ancha osonlashadi. Biror bir tushunchani inson xotirasida uzoq muddatga saqlab qolish uchun , birinchidan, u qiziqarli qilib tushuntirilishi, ikkinchidan, batafsil  o’sha predmet yoingki tushuncha haqida taassurot bilan ko'z oldida gavdalanishi kerak. Ba’zilar o’z xotirasiga ishonmay bor kuchini grammatikaga sarf qiladi. Yana bir bor ta’kidlashim kerakki grammatikangiz qanchalik yaxshi bo'lmasin, uni ishlatishingiz mumkin bo'lgan so'z boyligiga ega bo'lmasangiz ya'ni yetarlicha so'zni bilmasangiz, siz til ko'nikmalaringiz bilan unchalik uzoqqa bormaysiz. Lug'atlar sodda qilib tushuntirganda sizga yangi dunyolar uchun eshiklarni ochadi va o'rganishingizni qiziqarli qiladigan vositadir.   Sizning yangi so'zlar lug'atingizni kengaytirishingiz ramazon oyida tutilgan ro'zangizga o'xshaydi: sizdan biroz qat’iyat , anchagina mehnat va sabr-toqat talab qilinadi. Bu vaziyatda sizga na hiyla va na boshqalarning ko'magi foyda bermaydi.

 Ingliz tilida yangi so'zlarni yod olishda barchaga birdek mos keladigan universal usulni o'zi yo'q. Har kim o'zi uchun mos keladigan yo'lni izlab topishi topishi kerak. Biz o'z maslahatlarimiz bilan mana shu masalada sizga yordamlashishga harakat qildik. Eng muhimi sabr-toqatli bo'lish, real maqsadlar qo'yish va ularga erishish yo'lida inson doimo o'zini tergay olishidir.

  Albatta , maqsadga yetish uchun turli yo’llarni sinab ko’rish kerak. Qaysi yo’lni tanlashingizdan qat’iy nazar muhimi harakatdan aslo to’xtamang!

Harakatni ertadan , dushanbadan yoki har oyni boshidan emas, bugundan , hoziroq boshlashingiz  kerak. Bugungi kuningiz - kechagi kuningizdagi o'y-hayollar va harakatlar mahsulidir.

Agar siz ertaga ko'proq narsaga erishmoqchi bo'lsangiz, shunchaki bugun kechagidan ko'ra ikki baravar ko'proq harakat qiling. Atrofdagi sizning faoliyatingizga salbiy fikr bildiradigan soxta tanishlaringizning ,,maslahat"lariga  aslo quloq solmang.

​​Hech qachon hech kimga quloq tutmang, hech kimdan umid qilmang, hech kimdan hech narsa kutmang, shunchaki oʻzingizga ishoning va hammasiga oʻz kuchingiz va irodangiz bilan maqsadingizga erishish.

Siz o'zingiz o'ylaganingizdan ko'ra  kuchliroqsiz.

Orzu qilmang, harakat qiling !