Ingliz tilidagi yangi so`zlarni eslab qolishning 10 samarali usuli

25 Nov 2021

Ingliz tilidagi yangi so`zlarni eslab qolishning 10 samarali usuli

Ingliz tilini o`rganar ekansiz, muloqotga kirishishingiz va fikrlaringiz erkin yetkazib berishingiz uchun ko`plab yangi so`zlarni o`rganishingiz va eslab qolishingiz kerak bo`ladi. Bugungi maqolamizda so`zlarni eslab qolishning samarali 10 usuli bilan tanishib chiqamiz.

1.Kartochkalardan foydalaning (me`yorida)

Kartochkalar, an`anaviy usullardan biri bo`lsada haligacha o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Biror mavzuga oid yangi so`zlarni yodlar ekansiz, ularni mavzulashtirib, kartochkalarga yozib chiqing. So`zlarni yozayotganda, berilgan so`zni gapda qanday qo`llanilishini o`rganish maqsadida, shu so`z ishtirokida gap tuzib yozing, yana-da esda qolarli bo`ladi.

Bundan tashqari, bugungi kunda ana shunday kartochkalar ko`rinishida so`zlarni yodlashga mo`ljallangan ilovalardan foydalangan holda ham, so`z boyligingizni oshirishingiz mumkin.

Bunday turdagi ilovalarga:

Quizlet

Tinycards

Memrise

Word Power Lite kabilar kiradi. Bu ilovalardan foydalanib ko`rishingizni maslahat beramiz. Bundan-da yaxshi natijaga erishmoqchi bo`lsangiz, unda o`zingiz uchun qulay va foydalanish oson bo`lgan shaxsiy kartochkalarni tuzib chiqing. Yaratish davomida ham so`zlarni o`ziz terib, tuzib chiqasiz, ham so`zlarni eslab qolishingiz mumkin.

2.Misollar yordamida yodlashga harakat qiling.

Yana bir foydali usullardan biri so`zlarni kontekstda o`rganishdir. Xuddi o`zbek tilida bo`lganidek ingliz tilida ham so`zlarning birdan ortiq ma`nolari mavjud. Ularni eslab qolmoqchi bo`lsangiz, ko`proq shu so`zni to`liq ma`nosini ifodalay oladigan, u ishtirok etgan gap tuzing va yodlang.

3.Foydalanmasangiz yo`qotasiz.

Yangi til o`rganar ekansiz, yodlagan so`zlaringizdan foydalanishga harakat qiling. Aks holda uzoq vaqt foydalanmagan so`zlaringiz esingizdan chiqib ketishi mumkin. Misol uchu Siz “Aeroportda” (At the airport) mavzusidagi so`zlarni yodlayapsiz. Albatta har doim ham aeroportga borib ingliz tilida xodimlarga gapira olmasligingiz mumkin. Ammo, xuddi o`sha vaziyatda bo`lib qolganday o`zingizni tasavvur qiling-da so`zlardan foydalanib gaplar tuzing. Yoki shu mavzudagi videolarni ko`rib chiqing, so`zlardan qanday foydalanilganiga e`tiboringizni qarating.

4. Yangi so'z eshitib qoldizmi, qidiring. 

Agar Siz kitob o`qiyotib yoki biror matn tinglayotib, notanish so`zga duch kelsangiz, iloji boricha tezroq uning ma`nosini topishga harakat qiling. Hozirda lug`at sifatida foydalanishga qulay bo`lgan ko`plab ilovalar mavjud. Imkon qadar Eng-Eng lug`atlaridan foydalaning. Agar ma`nosini juda tushunmasangiz Eng-Uz lug`atlaridan foydalansangiz ham bo`ladi. Agar shunda ham ma`nosini tushunmasangiz rasmli lug`atlardan foydalanishingiz mumkin.

5.So‘zlarni yozib qo`ying.

Yangi so`zlarni qog'ozga qalam yoki ruchka bilan yozib qo`yish, o`sha so`zni eslab qolish imkoniyatingizni yana-da oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlar natijasiga ko`ra, so`zlarni qo`lda yozish, o`sha so`zni xotirada uzoq vaqt saqlanishiga sabab bo`lar ekan.

6. Yon daftarcha tuting

Doimo yoningizda olib yurishga qulay bo`lgan yon daftarcha tuting. Qachon-ki yangi so`zga duch kelib qolsangiz, yon daftarchangizga yozib boraverasiz. Bu ham samarali eslab qolish usullaridan biri sanaldi

7. Ko‘plik shaklini yoki turli zamonlarni ishlatib ko‘ring.

Yangi so`zlarni o`rganayotganda, shu so`zlarni ko`plik va zamonlar shakli bilan qo`shib o`rganing. Bu Sizga qo`shimcha grammatikani amalda o`rganishingizga va so`zlarni hayotiy jarayonlarda osonroq foydalanishingizga yordam beradi.

Misol uchun oddiygina “people” so`zini hamma “odamlar” ekanini yaxshi biladi, lekin uni birligi “person” ekanligini endi o`rganuvchilar tushunmasligi mumkin. So`zlarni sanaladigan yoki sanalmaydigan ekanligini qo`shib o`rganish ham, Sizga nutqingizda so`zlardan to`g`ri foydalanishingizga yordam beradi.

8. Mnemonikadan foydalaning.

Mnemonika - bu ko'pchilik foydalanadigan yodlash usullaridan biri. mnemonika - bu o'quvchilar so'z va uning ma'nosini eslab qolishlariga yordam beradigan g'alati tasvir yoki hikoya. Tasvir qanchalik notanish va bema'ni bo'lsa, miyangizga yopishib qolish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Mnemonika bir oz tasavvurni talab qiladi, lekin ular eslab qolishning samarali usullaridan biri sanaladi!

9. Aralashtiring!

Agar qisqa vaqt ichida ko'p so'z boyligini o'rganishingiz kerak bo'lsa - masalan, test uchun - faqat flesh-karta ilovasiga tayanmang! Mashq qilish uchun miyangizda yangi tajribalar o`tkazing. Yangi lug'atni g'ayrioddiy usullar bilan yodlash ahmoqona tuyulishi mumkin, lekin juda samaralidir. Misol uchun so`zlarni kartochkaga yozing-da, uni Siz ko`ishingiz mumkin bo`lgan barcha joylarga: dars qiladigan xonangiz devorlariga, eshiklarga, oshxona buyumlariga, shu kabi barcha joylarga yopishtirib chiqing. Keyin shu so`zlarni talaffuzi va tarjimasini audio shaklida o`zingiz ovoz chiqarib o`qing-da, bo`sh vaqtingizda, yoki yo`lda ketayotganingizda tinglab, takrorlab boring. Shunda turli yodlash usullari, qanchalik yordam bera olishini guvohi bo`lasiz.

10. O'qing, takrorlang, va yana o'qing!

So`zlarni o`qib, ularni rasmlari yoki kontekstda foydalanilishiga qarab xotirangizda tasavvur uyg`oting. Yodlagan so`zlaringizni takrorlab boring, toki shu so`z avtomatik tarzda miyangizda o`rnashgunicha. Ko`proq ingliz tilida yozilgan hikoya, asar yoki maqolalar o`qib boring. Bilmagan so`zlaringizni taxmin qilishga harakat qiling va ma`nosini to`g`ri topgan yoki topmaganligingizni tekshirib boring.

Maqola so`nggida xulosa qilib shuni aytmoqchimiz-ki, har qanday so`z undan qancha ko`p foydalanilsagina xotiradan o`chmay saqlanib qoladi. Shunday ekan, o`rgangan so`zlaringizni yaxshi eslab qolish uchun, undan ko`proq kontekstda foydalaning.

Maqolamiz foydali bo`ldi degan umiddamiz, shu yergacha o`qib kelganingiz uchun Rahmat! Ilmingiz yana-da ziyoda bo`lsin!