Inglizcha tabriklash

06 Dec 2021

Inglizcha tabriklash

Siz do'stlik va yaxshi biznes aloqalarini rivojlantirishni xohlasangiz, tabriklashning turli usullarini bilish va ulardan foydalanishingiz muhim omillardan biri hisoblanadi.  Har bir inson o'z yutuqlari tan olinishini va maqtovga sazovor bo'lishni yaxshi ko'radi va oddiy "tabriklar" kimningdir kunini yaxshi kayfiyatda o’tkazishiga sabab bo’lishi mumkin. Birovning yutuqlarini e'tirof etish va ularga hayrat bildirish siz va boshqalar o'rtasida yaxshi his-tuyg'ularni rivojlantirishga yordam beradi.

   Agarda siz yaxshi do'st , yaxshi xo'jayin yoki yaxshi hamkasb bo'lishni istasangiz, atrofingizdagi insonlarni iliq va samimiy ko'rinadigan tarzda tabriklashning tegishli usullarini o'rganishingiz kerak bo’ladi. Siz ha bo'ldi, oddiy “tabriklayman” so’zining o’zi yetarli deb o’ylasangiz adashasiz . Shuni unutmangki , o’zbek tilidagi kabi boshqa chet tillarida ham rasmiy va norasmiy muloqot mavjud bo’lib, ingliz tili ham shular qatoriga kiradi. Siz ingliz tilini o’rganish mobaynida ko’plab tabrik ma’nosini ifodalovchi so’zlarga duch kelib ulgurgansiz yoki endi o’rganishni boshlagan bo’lsangiz endilikdagi o’qish davomida ko’rib chiqasiz.

   Bilamizki, rasmiy va norasmiy muloqot o’rtasida anchagina farqlar bor. Norasmiy muloqotda siz do’stlaringiz va tanishlaringiz bilan qo’llaydigan so’zlarni rasmiy muloqotda qo’llay olmaysiz xoh bu og’zaki muloqot bo’lsin , xoh yozma. Tabriklar ham xuddi shunday. Congratulation so’zining o’zini hamma joyda qo’llasa bo’ladi deyishingiz mumkin. Ha albatta, siz haqsiz lekin shunday vaziyatlar borki, siz faqatgina bu so’zning o’zini qo’llay olmaysiz. Misol uchun, siz yangi korxonaga ishga kirdingiz xo’jayiningiz qandaydir yutuqqa erishdi uni tabriklaganda shunchaki congratulation demasdan rasmiy muloqotga mo’ljallangan iboralardan foydalansangiz bu sizning nutqinggizni hamda sizning muomala darajangiz yuqori ekanligini ifodalaydi. Keling, hozir siz bilan tabriklash turlarini ko’rib chiqamiz. Avvalo, rasmiy muloqotdan boshlaymiz.

1.I am really pleased for you – Siz uchun judayam xursandman.

You have been voted the most popular singer ever? I am really pleased for you.                                                                                                          Siz eng mashxur qo’shiqchi deb topildingizmi? Men siz uchun judayam xursandman.

2.Congratulations! You deserve this success – Tabriklayman! Siz bu muvaffaqiyatga loyiqsiz.                                                 Mrs Jane awarded by government. Congratulations! She deserve this success.                                                                                               Jane xonim hukumat tomonadan taqdirlandi. Tabriklayman! U bu muvaffaqiyatga loyiq.

3. My sincere/heartfelt/warmest congratulations to you- Sizni chin qalbdan/ samimiy tabriklayman.                      

 - I have to say that as your boss I will start my new work next week in USA

- Our heartfelt congratulations to you!

– Boshlig’ingiz sifatida sizlarga shuni aytishim lozimki, men kelgusi haftadan Amerika Qo’shma Shtatlarida yangi ish boshlayman.     

-Sizni chin qalbimizdan tabriklaymiz! 

4.That’s wonderful news - Bu ajoyib yangilik.                                                                                                                                - I will buy a new car after 2 weeks                                                                               

- That’s wonderful news.

 2 haftadan so’ng yangi mashina sotib olaman.

- Bu ajoyib yangilik.

5. Please accept my warmest congratulations – Mening samimiy tilaklarimni qabul qiling.

I heard about your achievement. I am really happy for you. Please accept my warmest congratulations.

 Yutug’ingiz haqida eshitdim. Siz uchun judayam xursandman, mening samimiy tilaklarimni qabul qiling.

6. Sincere congratulations on your hard-earned success - Sizni qiyinchilik bilan erishgan muvaffaqiyatingiz bilan samimiy tabriklayman.

7. Let me express my congratulations - Sizga o’z tabriklarimni taqdim etaman.

  Do'stlarimiz va tanishlarimiz bilan birga bo'ladigan norasmiy muloqotda, Congratulation so’zining o'zidan yoki boshqa iboralardan foydalanamiz.

1. High five.

2. Take a bow.

3. Hats off to you.

4. Here’s to you.

5. Bravo.

Yuqoridagu so'zlarning hammasi o'zbek tiliga tabriklayman deb tarjima qilinadi.

So proud of you - Sen bilan faxrlanaman.

I couldn’t be happier for you - bundan ortiq xursand bo’lolmayman.

My face has a proud smile because of you - Sen tufayli yuzimda mag’rur tabassum bor.

Great things come from great people- Buyuk narsalar buyuk odamlardan keladi.